n ta buyum, har birining og'irligi w va qiymati v. Ryukzak ko'tara oladigan og'irlik W. Har buyumni ko'pi bilan bir marta olib, umumiy qiymatni maksimal qiling.
Kirish: n W (1 ≤ n ≤ 100, 1 ≤ W ≤ 5000); keyingi n qatorda w v (1 ≤ w ≤ 5000, 0 ≤ v ≤ 10^6).
Chiqish: eng katta qiymat.
Ishora: dp[x] — og'irlik x dan oshmasa olinadigan eng katta qiymat. Har buyum uchun x ni KATTADAN kichikka yuring — shunda buyum ikki marta olinmaydi.
Namunalar
Kirish 1
3 50 10 60 20 100 30 120Chiqish 1
220
Kirish 2
1 5 10 100Chiqish 2
0
Yechim
Masalani yechish va natijani saqlash uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting.
EDUPROGER