• Savolingiz bormi?
  • +998 97 534 03 20
  • turayev.ruziboy@bk.ru

Informatika o'qituvchisining bepul yordamchisi

O'zbek tilidagi tayyor darslar va testlarni bir tugma bilan sinfingizga bering. Python, JavaScript va SQL masalalarini tizim o'zi tekshiradi, natija jurnalga o'zi tushadi.

Bepul boshlash

Nimalar qila olasiz

Sinf va o'quvchilar

Sinf oching, o'quvchilar 6 belgili kod yoki havola orqali qo'shiladi. Havolani Telegram guruhga tashlash kifoya.

Tayyor kontent

O'zbek tilidagi darslar, testli mavzular va adaptiv kursni topshiriq qilib bering — material tayyorlashga vaqt ketmaydi.

Kod masalasi

Python, JavaScript yoki SQL masala yarating. Yashirin testlar bilan tizim avtomatik baholaydi; javoblar o'quvchiga ko'rinmaydi.

Etalon yechim

To'g'ri yechimni yozing — barcha testlarning kutilgan javobi o'zi hisoblanadi. Qo'lda xato qilish yo'q.

HTML/CSS ishlar

O'quvchi natijani jonli ko'radi va topshiradi, siz ko'rib 0–100 ball va izoh qo'yasiz.

Jurnal va Excel

Kim nima qildi, nechta urinish, kech topshirdimi — bitta jadvalda. Bir tugma bilan Excel'ga.

Ko'chirmachilikni aniqlash

O'zgaruvchi nomlarini almashtirib ko'chirilgan kodlar ham topiladi (MOSS tamoyili).

AI maslahatchi

Qiynalgan o'quvchiga sun'iy intellekt javobni ochmasdan yo'nalish beradi — har masalaga 3 tagacha.

Telegram xabarlari

Yangi topshiriq — o'quvchilarga, topshirilgan ish — sizga, baho — o'quvchiga darhol xabar.

Qanday boshlash

1
Ro'yxatdan o'ting
Email yoki Google orqali — bir daqiqa.
2
O'qituvchi bo'lish uchun ariza yuboring
«Sinflarim» sahifasida ish joyingizni yozing. Ariza tasdiqlangach Telegram orqali xabar olasiz.
3
Sinf oching
Kod yoki havolani o'quvchilarga yuboring.
4
Topshiriq bering
Tayyor test yoki kursni tanlang, yoki o'z kod masalangizni yarating. Natijalar jurnalda.
Ro'yxatdan o'tish

Google Classroom'dan farqi

Classroom — umumiy vosita: fayl, kalendar, video dars uchun zo'r. Eduproger esa dasturlashni o'qitishga ixtisoslashgan va ularni birga ishlatish mumkin — sinf havolasini Classroom'ga qo'ying.

Google ClassroomEduproger
Tayyor o'zbekcha darslar va testlar—✔
Kodni avtomatik tekshirish (Python, JS, SQL)pullik qo'shimchalar✔ bepul
Ko'chirmachilikni aniqlash (kod)—✔
Sertifikat (QR bilan tekshiriladi)—✔
Fayl, kalendar, video dars✔—

Ko'p beriladigan savollar

Pullikmi?
Yo'q, o'qituvchi uchun ham, o'quvchi uchun ham bepul.

O'quvchilarning kodi qayerda bajariladi?
O'quvchining o'z brauzerida. Kutilgan javoblar esa serverda saqlanadi va o'quvchiga ko'rinmaydi.

O'quvchilar ma'lumoti qanday himoyalanadi?
Maxfiylik siyosatida batafsil yozilgan. O'quvchi faqat o'z natijasini ko'radi, boshqalarni ko'rmaydi.

Savol yoki taklif bormi?
admin@eduproger.uz yoki Telegram bot