• Savolingiz bormi?
  • +998 97 534 03 20
  • turayev.ruziboy@bk.ru
4. Tanga bilan to'lash usullari · O'rta · dinamik dasturlash
k xil (turli) tanga qiymati va s berilgan. s ni necha xil usulda to'lash mumkin? Tangalar tartibi ahamiyatsiz: 1+2 va 2+1 — bitta usul. Kirish: k s (1 ≤ k ≤ 50, 0 ≤ s ≤ 10^4); k ta tanga qiymati. Chiqish: usullar soni. Javob katta bo'lishi mumkin — uni 10^9 + 7 ga bo'lgandagi qoldiqni chiqaring (har qo'shishdan keyin % 1000000007). Misol: tangalar 1 2 5, s = 5 → 4 usul. Ishora: tashqi siklda tangalar, ichkisida summalar — shunda tartib takrorlanmaydi.
Namunalar
Kirish 1
3 5
1 2 5
Chiqish 1
4
Kirish 2
1 3
2
Chiqish 2
0
Yechim

Masalani yechish va natijani saqlash uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting.