• Savolingiz bormi?
  • +998 97 534 03 20
  • turayev.ruziboy@bk.ru
73. Katta panjarada yo'llar · Qiyin · kombinatorika
H×W panjara. (1, 1) dan (H, W) ga faqat o'ngga va pastga yuriladi. k ta katak yopiq. Yo'llar soni mod 10^9 + 7? Kirish: H W k (H, W ≤ 10^5, k ≤ 20); k qatorda r c (yopiq katak, (1,1) va (H,W) emas). Chiqish: bitta son. Ishora: to'siqsiz yo'llar — C(dr + dc, dr). To'siqlarni saralab, dp[i] = (boshdan i-to'siqqa yo'llar) − Σ dp[j]·(j dan i ga yo'llar) — i ga birinchi to'siq sifatida yetadigan yo'llar. Javob — oxirgi nuqtani ham «to'siq» deb hisoblash. JavaScript eslatmasi: ikki sonning ko'paytmasi 10^18 gacha yetadi — Number (2^53 ≈ 9·10^15) aniq saqlay olmaydi. BigInt ishlating: Number(BigInt(a) * BigInt(b) % 1000000007n).
Namunalar
Kirish 1
3 3 1
2 2
Chiqish 1
2
Kirish 2
1 1 0
Chiqish 2
1
Yechim

Masalani yechish va natijani saqlash uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting.