• Savolingiz bormi?
  • +998 97 534 03 20
  • turayev.ruziboy@bk.ru
45. Manfiy yo'llar · Qiyin · graf
Yo'nalishli graf, qirra og'irliklari manfiy ham bo'lishi mumkin. 1 dan n gacha eng qisqa yo'l uzunligini toping. Agar 1 dan yetiladigan va n ga olib boradigan MANFIY SIKL bo'lsa — «Cheksiz» (yo'lni istalgancha qisqartirish mumkin); n ga yetib bo'lmasa — «Yo'q». Kirish: n m (n ≤ 200, m ≤ 1000); m qatorda u v w (|w| ≤ 1000). Chiqish: son, Cheksiz yoki Yo'q. Ishora (Bellman–Ford): n − 1 marta barcha qirralar bo'yicha yaxshilang; yana n marta yurganda ham yaxshilanayotgan (yoki shunday tugundan yetiladigan) tugunlar — manfiy sikl ta'sirida.
Namunalar
Kirish 1
4 4
1 2 4
1 3 5
3 2 -3
2 4 1
Chiqish 1
3
Kirish 2
3 3
1 2 1
2 1 -2
2 3 1
Chiqish 2
Cheksiz
Yechim

Masalani yechish va natijani saqlash uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting.