Bo'sh navbatga q ta buyruq beriladi:
• push x — x ni navbat oxiriga qo'shish;
• pop — navbat boshidagi elementni olib tashlash va chiqarish;
• front — boshidagi elementni chiqarish (olib tashlamasdan);
• size — elementlar sonini chiqarish.
Navbat bo'sh bo'lganda pop va front uchun «Bo'sh» deb chiqaring.
Kirish: q; keyingi q qatorda buyruqlar (q ≤ 20 000).
Chiqish: pop, front, size javoblari — har biri alohida qatorda.
Eslatma: ro'yxat boshidan o'chirish sekin (Python'da collections.deque, JS'da bosh ko'rsatkichi ishlating).
Namunalar
Kirish 1
5 push 3 push 7 front pop sizeChiqish 1
3 3 1
Kirish 2
2 pop sizeChiqish 2
Bo'sh 0
Yechim
Masalani yechish va natijani saqlash uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting.
EDUPROGER