EGOI 2024, 1-kun olimpiadasida berilgan masala. Shart o'zbek tilida qayta yozilgan, testlar brauzer uchun kichiklashtirilgan.
To'liq chegaralar bilan: asl masala ↗
Yo'l bo'yida chapdan o'ngga 0 dan N−1 gacha raqamlangan N ta lola o'sadi. Qonun bo'yicha i-lola uzilsa, undan bevosita chapdagi l_i ta va bevosita o'ngdagi r_i ta lolani uzish mumkin emas (chetda shuncha lola bo'lmasa — o'sha tomondagilarning hammasi). Ko'pi bilan nechta lola uzish mumkin?
Kirish: N (1 ≤ N ≤ 1000); N qatorda l_i r_i (0 ≤ l_i, r_i ≤ N).
Chiqish: bitta son.
Misollar:
3 / 0 3 / 1 0 / 1 0 → 1;
5 / 0 3 / 1 0 / 0 1 / 2 0 / 1 0 → 3.
Ishora: i < j lolalar birga uzilishi uchun i ning o'ng taqiqi j ga yetmasligi (i + r_i < j) va j ning chap taqiqi i ga yetmasligi (j − l_j > i) kerak. dp[j] — eng o'ngdagisi j bo'lgan eng katta guldasta: dp[j] = 1 + max dp[i] (shartlarni qanoatlantiradigan i lar bo'yicha). Bu O(N²); to'liq chegara uchun segment daraxti kerak.
Namunalar
Kirish 1
3 0 3 1 0 1 0Chiqish 1
1
Kirish 2
5 0 3 1 0 0 1 2 0 1 0Chiqish 2
3
Yechim
Masalani yechish va natijani saqlash uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting.
EDUPROGER