• Savolingiz bormi?
  • +998 97 534 03 20
  • turayevruziboy880@gmail.com
5. Mex bilan to'plam · Olimpiada · ochko'z algoritm 👁 2 · ✔ 0 yechgan
EGOI 2022, 1-kun olimpiadasida berilgan masala. Shart o'zbek tilida qayta yozilgan, testlar brauzer uchun kichiklashtirilgan. To'liq chegaralar bilan: asl masala ↗
S — manfiy bo'lmagan butun sonlar multito'plami (elementlar takrorlanishi mumkin). Bitta amal: S dan bir nechta TURLI sonlardan iborat T to'plamni (bo'sh ham mumkin) tanlab, ularning har biridan bittadan nusxani o'chiramiz va S ga mex(T) ni qo'shamiz. mex(T) — T da yo'q eng kichik manfiy bo'lmagan son (mex({}) = 0, mex({0, 1, 3}) = 2). S da yo'q bo'lgan n sonini S ga qo'shish uchun eng kam nechta amal kerak? S qisqa ko'rinishda beriladi: f_0, f_1, …, f_(n−1) — i soni S da necha marta borligi (n dan katta sonlar ahamiyatsiz). Kirish: t (≤ 50) — testlar soni; har test: n (1 ≤ n ≤ 40) va n ta f_i (0 ≤ f_i ≤ 10^9). Chiqish: har test uchun bitta son. Misollar: 4 / 0 3 0 3 → 4; 5 / 4 1 0 2 0 → 10. Ishora: v sonini yasash — 1 amal va 0, 1, …, v−1 dan bittadan sarflanadi. Kattadan kichikka yurib, har son necha marta kerakligini (talab) hisoblang: borini ishlating, yetmaganini yasang — yasash pastdagi sonlarga talab qo'shadi.
Namunalar
Kirish 1
2
4
0 3 0 3
5
4 1 0 2 0
Chiqish 1
4
10
Kirish 2
1
1
0
Chiqish 2
2
Yechim

Masalani yechish va natijani saqlash uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting.