• Savolingiz bormi?
  • +998 97 534 03 20
  • turayevruziboy880@gmail.com
2. Luna va juftliklar · Olimpiada · ochko'z algoritm 👁 2 · ✔ 0 yechgan
EGOI 2021, 1-kun olimpiadasida berilgan masala. Shart o'zbek tilida qayta yozilgan, testlar brauzer uchun kichiklashtirilgan. To'liq chegaralar bilan: asl masala ↗
Qatorda 2n kishi turibdi, har biriga 1 dan n gacha son berilgan — har son aynan ikki kishida (ular juftlik). Ikki amal bor: (1) yonma-yon turgan ikki kishining o'rnini almashtirish; (2) yonma-yon turgan juftlikni qatordan chiqarib yuborish (qolganlar bo'shliqni to'ldiradi). Amallar istalgan tartibda. Hammani chiqarib yuborish uchun eng kam amallar soni? Kirish: n (1 ≤ n ≤ 1000); 2n ta son. Chiqish: bitta son. Misollar: 3 / 3 1 2 1 2 3 → 4 (bitta almashtirish: 3 1 1 2 2 3, so'ng uch marta chiqarish); 5 / 5 1 2 3 2 3 1 4 5 4 → 7. Ishora: chiqarishlar doim n ta. Har juftlik — [chap; o'ng] oraliq. Ikki oraliq ichma-ich yoki alohida bo'lsa, almashtirish kerak emas (ichkisini avval chiqaramiz). Faqat «kesishgan» (a < c < b < d) juftliklar har biri bittadan almashtirish talab qiladi.
Namunalar
Kirish 1
3
3 1 2 1 2 3
Chiqish 1
4
Kirish 2
5
5 1 2 3 2 3 1 4 5 4
Chiqish 2
7
Yechim

Masalani yechish va natijani saqlash uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting.