• Savolingiz bormi?
  • +998 97 534 03 20
  • turayev.ruziboy@bk.ru
 10. Forma komponentalari bilan ishlash

10. Forma komponentalari bilan ishlash

HTML && CSS / 2022-02-28

Forma komponentalari bilan ishlash.

Reja:

1. Shakl - shakl tozalash va jo'natish tugmachasi

2. Shakl -ko'rinmas shakl maydoni

3. Shakl- FORM tegining parametrlari va shaklni jo'natish

Shakl - shakl tozalash va jo'natish tugmachasi

Foydalanuvchi to'ldirilgan shaklni jo'natish uchun tasdiqlovchi tugmacha yaratish kerak, hamda shakl maydonini tozalash tugmachasini yaratish mumkin. Shu bo'lim boshida jo'natish va tozalash tugmachasini qanday ko'rinishga ega ekanligini ko'rdingiz.

Jo'natish tugmachasi (TYPE=SUBMIT)

Foydalanuvchining shaklda belgilagan ma'lumotlarini tasdiqlab, shu ma'lumotlarni serverga jo'natish uchun qo'llaniladi.

Misol:

< INPUT TYPE=SUBMIT VALUE="Shaklni jo'natish">

Natija:
'Shaklni jo'natish' nomli tugmacha

Jo'natish tugmachasi < INPUT> tegi yordamida TYPE=SUBMIT parametrini islatgan holda yaratiladi. Natijada VALUE parametrida belgilangan yozuv bilan tugmacha yaratiladi. Tugmacha bosilganda shakldagi ma'lumotlar serverga jo'natiladi.

 

Tozalash tugmachasi (TYPE=RESET)

Shakl maydonidagi ma'lumotlarni tozalash uchun qo'llaniladi.

Misol:

< INPUT TYPE=RESET VALUE="Shaklni tozalash">

Natija:
'Shaklni tozalash' nomli tugmacha

Shakl maydonini tozalash tugmachasi < INPUT> tegi yordamida TYPE=RESET parametrini ishlatgan holda belgilanadi. Natijada VALUE parametrida belgilangan yozuv bilan tugmacha yaratiladi. Tugmacha bosilganda shakldagi ma'lumotlar to'la o'chiriladi.

Shakl -ko'rinmas shakl maydoni

Yana bir turdagi shakl maydoni bor - bu ko'rinmas shakl maydoni. Bu maydon ma'lumotlar almasinuv uchun ishlatiladi. Ko'rinmas maydonni foydalanuvchi ko'ra va o'zgartira olmaydi.

Ko'rinmas maydon (INPUT TYPE=HIDDEN)

Shakl maydoni ekranda ko'rinmaydi, uning ifodasi sahifa yaratilishida beriladi va foydalanuvchi shakl to'lg'azish jarayonida o'zgartirib bo'lmaydi.

Misol:

< INPUT TYPE=HIDDEN NAME=Page VALUE="1 sahifa ">

Ko'rinmas shakl maydoni < INPUT> tegi yordamida va TYPE=HIDDEN parametrini ishlatgan holda yaratiladi. Berilgan misolda shaklni jo'natish vaqtida Page o'zgaruvchisiga '1 sahifa' ifodasi beriladi. Buning natijasida, agar to'lg'iziladigan sahifalaringiz ko'p bo'lsa, qaysi sahifadagi shakldan ma'lumot jo'natilganini aniqlashingiz mumkin.

 

Shakl- FORM tegining parametrlari va shaklni jo'natish

Shu bo'lim boshida eslatib o'tganimizdek, shakl yaratish dasturlash bilan uzluksiz bog'liq, boshqacha qilib aytganda shakldagi ma'lumotlarni qayta ishlash dasturlashsiz iloji yo'q. Lekin bu qo'llanma bunday savollarni tahlil qilmaydi. Shuning uchun ma'lumotlarni qayta ishlash dasturi bepul taqdim etiladi. Ma'lumotlarni qayta ishlash natijasi siz ko'rsatgan email manzil bo'yicha jo'natiladi.

Keling, sizninig saytingizdagi shakldagi ma'lumotlar dastur orqali qayta ishlanishi uchun nima qilishni ko'rib chiqaylik. Natija siz ko'rsatgan email manzil bo'yicha shu formatda jo'natiladi.

O'zgaruvchi: Kiritilgan ma'lumot
O'zgaruvchi: Kiritilgan ma'lumot

Buning uchun saytingizda hohlagan shaklni shu ko'rinishda yaratishingiz zarur:

< FORM METHOD=POST ACTION=http://.....com/mail.php3>
< INPUT TYPE=HIDDEN NAME=recipient VALUE=EMAIL>
< INPUT TYPE=HIDDEN NAME=subject VALUE=MAVZU>
< INPUT TYPE=HIDDEN NAME=type VALUE=TUR>
< INPUT TYPE=HIDDEN NAME=return VALUE=MANZIL>
< INPUT TYPE=HIDDEN NAME=alpha VALUE=а>

Sizning shaklingiz

< /FORM>

Endi shu HTML kodni o'z sahifangizga ko'chiring va keyingi so'zlarni o'zgartiring:

EMAIL - Natija jo'natiladigan email manzil
MAVZU - Hat mavzusi(Subject)
TUR - Sizning pochtangiz turi, agar pochtangiz HTML ni tushunsa HTML deb yozing, agar aniq bilmasangiz TEXT deb yozing
MANZIL - foydalanuvchi shaklni to'ldirgandan keyin ko'rishi kerak bo'lgan sahifa manzili
HTML kodidagi oltinchi qatorni o'zgartirman.

Keyin, 'Sizning shaklingiz' so'zini o'rniga o'z shaklingizni qo'ying. Dastur qanday ishlashini ko'rish uchun o'zingizni email manzilingizni kiriting va 'Tekshiruv' tugmachasini bosing.

 

 


Izoh qoldirish