• Savolingiz bormi?
  • +998 97 534 03 20
  • turayev.ruziboy@bk.ru
 4. PYTHONDA MA’LUMOT TURLARI

4. PYTHONDA MA’LUMOT TURLARI

Python / 2021-12-19

O'ZGARUVCHI

O'zgaruvchi —kompyuter xotirasida ma'lum bir qiymatni saqlash uchun ajratilgan joy. Pythonda qiymatlar son, matn, ro'yxat va hokazo ko'rinishida bo'lishi mumkin. O’zgaruvchilar qiymatlari o’zgarib turishi mumkin.

Biz 3 ta o'zgaruvchi yaratdik (fam, ism va yoshi) va ularga qiymatlar yukladik (Pythonda boshqa tillardagi ka'bi o'zgaruvchilarni avvaldan e'lon qilish yo'q):

Natija:

Salimov

Ahmad

15

 

O'ZGARUVCHILARNI NOMLASH

 O'zgaruvchilarga nom berishda quyidagi qoidalarga amal qiling:

  • O'zgaruvchi nomi harf yoki pastki chiziq (_) bilan boshlanishi kerak.
  • O'zgaruvchi nomi raqam bilan boshlanishi mumkin emas.
  • O'zgaruvchi nomida faqatgina lotin alifbosi harflari (A-z), raqamlar (0-9) va pastki chiziq (_) qatnashishi mumkin.
  • O'zgaruvchi nomida bo'shliq (пробел) bo'lishi mumkin emas.
  • O'zgaruvchi nomida katta-kichik harflar turlicha talqin qilinadi (ism, ISM, va Ism uchta turli o'zgaruvchi).

Qo'shimcha qoida sifatida:

  • O'zgaruvchi nomini kichik harflar bilan yozing.
  • O'zgaruvchi nomida 2 va undan ortiq so'z qatnashsa ularning orasini pastki chiziq (_) bilan ajrating (ism_sharif="Anvar Soliyev").
  • O'zgaruvchiga tushunarli nom bering (y=20 emas yosh=20, d="Korea" emas davlat = "Korea" va hokazo)
  • Shuningdek o'zgaruvchilarga Pythonda ishlatiladigan funktsiyalar va maxsus kalit so'zlarning (keywords) nomini bermang. Kalit so'zlar ro'yhatini ko'rish uchun Shell konsolida avval help() deb yozing va Enter tugmasini bosing. Keyin esa keywords deb kiritib, yana Enter bosing. Natijada, Pythondagi maxsus kalit so'zlar ro'yhatini ko'ryapmiz:

Bu so'zlardan o'zgaruvchilarni nomlashda foydalanmang

 

STRING ma'lumot turi va uning ustida amallar

 STRING (matn) —Pythondagi matnli ma'lumot turlaridan biri. Avvalgi mavzuda ko'rganimizdek, o'zgaruvchiga matn yuklash uchun matn qo'shtirnoq (" ") yoki birtirnoq (' ') ichida yozilishi kerak. 

STRING USTIDA AMALLAR

 Matnlarni qo'shish uchun + operatoridan foydalanmiz:

AtoevTojiddin

Mening ismim Tojiddin

Yuqoridagi kodda ism va familiya orasiga bo'shliq belgisini qo'shmaganimiz uchun ikki matn qo'shilib yozildi. Buni to'g'rilash uchun, 3-qatorni quyidagicha o’zgartirish kiritamiz:

Atoev Tojiddin

 

 

f-string

Ikki (va undan ko'p) matn ko'rinishidagi o'zgaruvchilarni birlashtirish uchun f-string usulidan f"{matn1} {matn2} {matn3}" " ham foydalansak bo'ladi:

Atoev Tojiddin Xalilovich

 

Bu usul yordamida uzun matnlarni ham yasash mumkin

Mahsus belgilar

Matnga abzas bo'shliq qo'shish uchun \t belgisidan, yangi qatordan boshlash uchun \n belgisidan foydalanamiz:

Salom Dasturchi

Salom         Dasturchi

Salom

 Dasturchi

 

 STRING METODLARI

Pythonda string ustida amalga oshirish mumkin bo'lgan tayyor amallar to'plami mavjud. Bunday amallar to'plami metodlar deb ataladi.

Metodlarni qo'llash uchun metod nomi matndan so'ng .metod_nomi() ko'rinishida yoziladi. Keling shunday metodlarning ba'zilari bilan tanishaylik.

upper() va lower() metodlari

1. upper() metodi matndagi har bir harfni katta harfga o'zgartiradi.

NOROV AZIZ

2. lower() metodi esa aksincha, har bir harfni kichik harfga o'zgartiradi.

norov aziz

 

title() va capitalize() metodlar

3. title() metodi matndagi har bir so'zning birinchi harfini katta harf bilan yozadi.

Norov Aziz

4. capitalize() esa faqatgina eng birinchi so'zning birinchi harfini katta bilan yozadi.

Norov aziz

5. casefold() matndagi barcha so’zlarni kichik harfga o'zgartiradi

olim

6. center() matnni berilgan belgisi uzunligi bo’yicha markazga qaytaradi

             OLIM 

 Yuqoridagi matnni 30 ta belgi bo’yicha so’zni markazlashtirdi. Ya’ni satrboshidan 13 ta belgi va 4 ta so’z belgi hisobladi, so’zdan so’ng 13 belgi tashladi. Umumiy 30 ta belgini tashkil atadi.

Metodlarni faqat o'zgaruvchilarga emas, balki to'g'ridan-to'g'ri matnga ham qo'llash mumkin.

7. len() funksiyasi qator uzunligini aniqlash uchun fordalaniladi.

4

8. Berilgan matnni ma’lum qismini kesib olish.

layev

a berilgan matnda satr boshidan 10 belgi ajratib oladi va satr boshidan 5 ta belgini qirqib tashlaydi, qolgan belgilarni chop qiladi.

Ol

9. strip(), rstrip() va lstrip() metodlari

Bu metodlar matnning boshi va oxiridagi bo'sh joylarni olib tashlaydi.

  • lstrip() — matn boshidagi bo'shliqni,
  • rstrip() – matn oxiridagi bo'shliqni,
  • strip() — matn boshi va oxiridagi bo'shliqlarni olib tashlaydi

 

boshliqAvaz boshliq

boshliq Avazboshliq

boshliqAvazboshliq

boshliq Avaz boshliq

10. replace() berilgan qiymatni ma’lum belgisini almashtiriradi.

Abdullayev Alim

11. format() belgilangan qiymatlarni satrga qo’shadi

Abdullayev Olimning yoshi 25 da

 

Matnlar bilan ishlaydigan metodlar ko'p. Ularning ba'zilari bilan kelajakda yana tanishamiz, to'liq ro'yhatni esa quyidagi sahifada ko'rishingiz mumkin.

Metodlar o'zgaruvchi ichidagi asl matnni o'zgartirmaydi!

Metod

Tavsif

capitalize()

Birinchi belgini katta harfga o'zgartiradi

casefold()

satrni kichik harfga o'zgartiradi

center()

Markazlangan qatorni qaytaradi

count()

Belgilangan qiymat satrda necha marta sodir bo'lishini qaytaradi

encode()

Satrni kodlangan versiyasini qaytaradi

endswith()

satr belgilangan qiymat bilan tugagan bo'lsa, haqiqiyni qaytaradi

find()

qatorni belgilangan qiymatni qidiradi va topilgan joyning holatini qaytaradi

format()

Belgilangan qiymatlarni satrda berilgan sonni qo’shadi

format_map()

Satrda ko'rsatilgan qiymatlarni formatlaydi

index()

belgilangan qiymatni qidiradi va topilgan joyini qaytaradi

isalnum()

Agar satrdagi barcha belgilar alfboda bo'lsa, True qiymatini qaytaradi

isalpha()

Agar satrdagi barcha belgilar alfboda bo'lsa, True qiymatini qaytaradi

isdecimal()

Agar satrdagi barcha belgilar o'nlik bo'lsa, True qiymatini qaytaradi

isdigit()

Agar satrdagi barcha belgilar raqamli bo'lsa,  True qiymatini qaytaradi

isidentifier()

satr identifikator bo'lsa, True-ni qaytaradi

islower()

Agar satrdagi barcha belgilar kichik bo'lsa, True qiymatini qaytaradi

isnumeric()

satrdagi barcha belgilar sonli bo'lsa, True qiymatini qaytaradi

isprintable()

Agar satrdagi barcha belgilar bosma bo'lsa, True qiymatini qaytaradi

isspace()

Agar satrdagi barcha belgilar bo'sh joy bo'lsa, "True" qiymatini qaytaradi

istitle()

Agar satr sarlavha qoidalariga amal qilsa,  True qiymatini qaytaradi

isupper()

Agar satrdagi barcha belgilar katta harf bilan yozilsa True qiymatini qaytaradi

join()

Satrning oxirigacha takrorlanadigan elementlarga qo'shiladi

ljust()

Satrning chapga asoslangan versiyasini qaytaradi

lower()

satrni kichik harfga aylantiradi

lstrip()

bo’shliqni chap tomondan kesadi

maketrans()

tarjimalarda foydalanish uchun tarjima jadvalini qaytaradi

partition()

uch qismga bo'lingan kalonkani qaytaradi

replace()

Belgilangan qiymat belgilangan qiymat bilan almashtirilgan qatorni qaytaradi

rfind()

qatorni belgilangan qiymatni qidiradi va topilgan joyning oxirgi holatini qaytaradi

rindex()

qatorni belgilangan qiymatni qidiradi va topilgan joyning oxirgi holatini qaytaradi

rjust()

Satrni to'g'ri asoslangan versiyasini qaytaradi

rsplit()

Belgilangan ajratuvchida satrni ajratadi va ro'yxatni qaytaradi

rstrip()

bo’shliqni o’ng tomondan kesadi

split()

Belgilangan ajratgichdagi qatorni ajratadi va ro'yxatni qaytaradi

splitlines()

qatorni bo’shliqlarda ajratadi va ro'yxatni qaytaradi

startswith()

satr belgilangan qiymatdan boshlangan bo'lsa, haqiqiy qiymatni qaytaradi

strip()

bo’shliqni chap va o’ng tomondan kesadi

swapcase()

almashtirish, kichik harf katta harfga aylanadi va aksincha

title()

Har bir so'zning birinchi belgisini katta harfga o'zgartiradi

translate()

tarjima qilingan qatorni qaytaradi

upper()

Satrni katta harfga o'zgartiradi

zfill()

qatorni boshida belgilangan 0 qiymatlari bilan to'ldiradi

 

 MUSTAQIL BAJARISH UCHUN TOPSHIRIQLAR

Masala 1. PYTHON da o‘zingizning “Familiya va Ismingizni” chiqaring.

Masala 2. PYTHON  da o‘zingizning “Familiya va Ismingizni” Otangizni ismini qo’shing.

Masala 3. PYTHON  da o‘zingizning “Familiya va Ismingizni” katta harflarda chiqaring.

Masala 4. PYTHON  da o‘zingizning “Familiya va Ismingizni” kichik harflarda chiqaring.

Masala 5. PYTHON  da “Men talabaman” matnini katta harflarda chiqaring.

Masala 6. PYTHON  da “MEN TALABAMAN” matnini kichik harflarda chiqaring.

Masala 7. PYTHON  da ushbu gapni “men python  dasturlash tilini o‘rganmoqchiman” so’zini birinchi harfini bosh harfda chiqaring.

Masala 8. PYTHON  da ushbu gapni “men python  dasturlash tilini o‘rganmoqchiman”ni har bir so’zini katta harfda chiqaring.

Masala 9. PYTHON  da ushbu gapni “men python  dasturlash tilini o‘rganmoqchiman” ni bosh joylarini olib tashlang.

Masala 10. PYTHON  da “ men python  dasturlash tilini o‘rganmoqchiman” matn boshi bo’shlig’ini olib tashlang.

Masala 11. PYTHON  da “ men python  dasturlash tilini o‘rganmoqchiman ” matn oxiri bo’shlig’ini olib tashlang.

Masala 12. PYTHON  da “ men python  dasturlash tilini o‘rganmoqchiman ” matn boshi va oxiri bo’shlig’ini olib tashlang.

Masala 13. PYTHON  da “Men talabaman” matnini 50 belgi uzunligi bo’yicha markazga qaytaring.

Masala 14. PYTHON  da “Men talabaman” matnini uzunligi aniqlang.

Masala 15. PYTHON  da “men python  dasturlash tilini o‘rganmoqchiman” matnini uzunligi aniqlang.

Masala 16. PYTHON  da “men python  dasturlash tilini o‘rganmoqchiman” matnini ma’lum qismini kesib oling.

Masala 17. PYTHON  da “Men talabaman” matnini “Men 2 kurs talabaman” matniga almashtiring.

Masala 18. PYTHON  da “Men Python  dasturlash tilini o‘rganmoqchiman” matnini “Men Python va C++  dasturlash tilini o‘rganmoqchiman” matniga almashtiring.

Masala 19. PYTHON  da “Men do’kondan {} ta kitob oldim” matniga “54” sonini qo’shing.

Masala 20. PYTHON  da “Avaz {} yoshni qarshi oldi” matniga “25” sonini qo’shing.

 


Izoh qoldirish