• Savolingiz bormi?
  • +998 97 534 03 20
  • turayev.ruziboy@bk.ru
 2. OPENSERVERNI O‘RNATISH QOIDALARI

2. OPENSERVERNI O‘RNATISH QOIDALARI

PHP / 2021-12-19

OpenServer kichik xajmli erkin tarqatiluvchi Windows OS uchun mo‘ljallangan Veb-serverdir. Uni yuklab olish uchun https://ospanel.io/ manziliga kirish kerak. Dasturni o‘rnatish uchun faylni arxivdan chiqarish etarli bo‘ladi (1-rasm). Bunga javoban ekranga chiqarilgan o‘rnatish oynasi ishi tugallanib avtomatik yopiladi.

1-Rasm

So‘ngra dasturni o‘rnatib uni sozlash bosqichiga o‘tiladi. Buning uchun dasturiy ta’minot joylashtirilgan katalog C:\OpenServer ga o‘tiladi. Bu katalog ichida quyidagi yuklovchi fayl va uchta ichki katalog joylashgan:

  • Domains – Foydalanuvchi saytlarni saqlash uchun mo‘ljallangan katalog.
  • Modules – Katalogida modullarning boshqaruvchi fayllari, ularning ishlashi uchun zarur bo‘lgan kutubxona fayllari va qo‘shimcha fayllar joylashgan.
  • Userdata – Foydalanuvchilarning berilgan bazalari, xesh fayllari xamda modul konfiguradsiyasi fayllari saqlanadi.

Windows OS turiga qarab .exe – fayllardan birini ishga tushiramiz, masalan OpenServer86.exe va quyidagi ko‘rinishdagi muloqat oynasi ochiladi (2-rasm).

2-Rasm

Buyruqni tasdiqlagandan so‘ng, kompyuter ekrani quyi qismidagi uskunalar panelida, qizil bayroqcha ko‘rinishidagi yorliq paydo bo‘ladi (3-rasm).

3-Rasm

Ushbu bayroqcha yorlig‘iga sichqoncha o‘ng tugmasini bosilib (Настройка) sozlash bo‘limi tanlanadi (4-rasm).

4-Rasm

Dastur bosh oynasi ekranga chiqariladi (5-rasm).

5-Rasm

Oyna “Модули” bo‘limidan PHP7.0 punkti tanlanadi. So‘ngra “Домен” bo‘limiga o‘tilib “Автопоиск доменов”  punkti belgilanadi (6-rasm).

6-Rasm

Oxirida “Сохранить” saqlash tugmasi bosilib sozlashlar oynasini yopamiz.

7-rasm

Faylni OpenServer/domains/localhost/php7 ichki katalogiga bloknot dasturi vositasida index.php nomi bilan hamda UTF-8 kodirovkasida yaratilgan faylni saqlaymiz (7-rasm) va 8-rasmdagi kabi natijaga ega bo`lamiz.

PHP - sahna HTML – u hujjatda shakllantirilishi mumkin. Bu shuni anglatadiki, PHP ham va HTML – kod ham hech bir muammosiz aynan bitta faylda mavjud bo‘lishi yoki saqlanishi mumkin. Bunda asosiysi tadbiq etilayotgan PHP – kod tegi ichida bo‘lishi va u kodni talqin qilish uchun PHP – harakat tomonidan tanlab olinadi. Odatda, PHP – kod HTML – sahifa asosiy qismida mavjud bo‘lgan ma’lumotlarni beradi, so‘ngra u foydalanuvchining veb – brauzeriga uzatiladi.

  

 8-Rasm


1 izoh

Izoh qoldirish